30 foiz bolalar turli kasalliklarga chalingan

31.07.2024 12:44
eye icon39
30 foiz bolalar turli kasalliklarga chalingan
Sogʻliqni saqlash vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hisobot berishicha, Oʻzbekistondagi maktablarda 5,7 million nafar oʻquvchi, bogʻchalarda 1,3 million nafar tarbiyalanuvchi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan.

Asilbek Xudayarovning aytishicha, tibbiy koʻriklar davomida maktab va bogʻcha bolalarining 30 foizga yaqinida bir necha turdagi kasalliklar aniqlangan.

“Joriy yil 1-iyul holatiga respublikadagi 5,9 mln nafar maktab oʻquvchisidan 5,7 mln nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shundan 1,3 mln nafarida (27,9 %) turli kasalliklar aniqlandi. Ularning 81 foizini sogʻlomlashtirishga erishildi. Shu bilan birga, 2 mln nafar bogʻcha tarbiyalanuvchidan 1,3 mln nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ularning 26 foizida turli kasaliklar aniqlandi”, — deya qogʻozdagi hisobotni oʻqib berdi vazir.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img