Buxoroda erkak o‘g‘li bilan urishgan 5 yashar bolani kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida 24-iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. boshqa bola A.S. bilan urishgan. Shu sababli A.S.ning otasi X.F. bolani yuziga urib, jarohat yetkazganligi maʼlum bo‘lgan.
O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, bolaga yengil darajadagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan X.F.ga MJtKning 52-moddasi 2-qismi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudiga yuborilgan.