Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida hali balog‘at yoshiga yetmagan qizchaga mashina boshqartirayotgan onaning videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, voyaga yetmagan farzandiga avtomobil boshqaruvini topshirgan onaga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
“Barcha ota-onalardan voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini, ularga doimo yo‘llarda qoidalarga rioya etishni o‘rgatib borishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.