O‘quvchining ro‘molini yechish uchun kuch ishlatgan direktorga jarima tayinlandi

30.07.2024 20:27
eye icon69
O‘quvchining ro‘molini yechish uchun kuch ishlatgan direktorga jarima tayinlandi
Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida ro‘molni yechishini aytib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatganligi haqida xabar bergan edik.

Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudida ko‘rib chiqilib, sud tomonidan joriy yilning 27-may kuni maktab direktori R.Q. MJtKning 41 moddasi (Haqorat qilish) hamda 52-moddasi 2-qismi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan BHMning 10 barobar miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video davomida dars vaqtida sinfga maktab direktori kirib kelgan va qora roʻmolda oʻtirgan qizdan bosh kiyimini yechishini talab qilgan, ammo bu talabga boʻysunmagach, direktor qizning oldiga borib, uni doʻpposlay ketgani aks etgandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img