O‘zbekistonda 7 yoshli bolaga «Gelik» sovg‘a qilindi

30.07.2024 17:44
eye icon169
O‘zbekistonda 7 yoshli bolaga «Gelik» sovg‘a qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor Diyora Usmonovaning 7 yoshli o'g'liga Mercedes-Benz G63 Mansory mini avtomobili sovg'a qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Unda aytilishicha, mazkur avtomobil buyurtma asosida olib kelingan va narxi ochiqlanmagan. Xalq tilida "Gelik" deb ataladigan ushbu avtomobilning ixchamlashtirilgan varianti O'zbekistonda kamyob yoki avval umuman bo'lmagani ta'kidlanmoqda.

Rossiya onlayn saytlarida ushbu turdagi mini avtomobil narxlari o'rtacha 40-60 ming dollarni tashkil etishi ko'rsatilgan.

Shuningdek, bugun tadbirkor Diyora Usmonova farzandining tug'ilgan kunini Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Aqcha qishlog'i dalalarida nishonlagani aks etgan videolar ham tarqaldi. Unda tadbirkorning Dubaydagi shohona tadbirni emas, o'z vatanidagi tabiatni ustun ko'rgani olqishlangan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img