Kam farzand ko‘rish urfga aylandimi?

30.07.2024 15:48
eye icon70
Kam farzand ko‘rish urfga aylandimi?
2024-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekiston aholisi 37 mln 134,2 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foiz yoki 761,8 ming kishiga koʻpaygan. Bu haqda Statistika agentigi maʼlum qildi.

Joriy yildan boshlab aholi sonining oʻsishi sekinlasha boshlagan. Xususan, 2023-yilning mos davrida aholining oʻsish 2,2 foiz yoki 768,8 ming nafar tashkil etgan.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 97 ming 400 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1265 taga kamaygan. 2022-yilning mos davri bilan taqqoslanganda esa 11 ming 534 taga kamaygan.

Hisobot davrida qayd etilgan nikohlarda ayollarning oʻrtacha yoshi 22,9 yoshni, erkaklarning oʻrtacha yoshi esa 27,8 yoshni tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha boʻlgan ayollarga toʻgʻri kelib, jami nikohlarning 76,2 foizini tashkil etgan.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 22 ming 467 tani tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 2955 taga yoki 11,6 foizga kamaygan. Shunday boʻlsa-da, bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 3 mingtaga koʻp.

2024-yil yanvar-iyun oylarida farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 10 ming 479 tani (46,6 foiz), 1 nafar farzand bilan ajranlishlar soni 6616 tani (29,4 foiz), 2 va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 5374 tani (24 foiz) tashkil etgan.

Nikohdan ajrashganlarning oʻrtacha yoshi erkaklar uchun 37,1 yoshni, ayollar uchun 32,2 yoshni tashkil etgan. Nikohdan ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha boʻlgan ayollarga toʻgʻri kelib, jami nikohdan ajrashganlarning 64,1 foizini tashkil etgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img