Xususiy universitetga kirgan ayrim talabalarning kontraktini davlat to‘lab beradi

30.07.2024 11:26
eye icon163
Xususiy universitetga kirgan ayrim talabalarning kontraktini davlat to‘lab beradi
Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida oʻqish uchun 1200 ta kvota ajratildi (oldingi yillari 1000 ta edi) va oʻrinlar 23 ta oliygohga taqsimlandi.

Ushbu 1200 ta grant kvotasi Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliygohlar va ularning filiallari hamda nodavlat oliygohlarga eng yuqori ball bilan oʻqishga kirgan abituriyentlarga beriladi, yaʼni xususiy universitetda oʻqiyotgan 1200 talabaning kontraktlari davlat tomonidan toʻlab beriladi.

Shuningdek, respublika miqyosda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun jami 3 ming 898 ta (oʻtgan yilgidan 95 taga koʻp) davlat granti uchun kvota ajratildi.

Taʼlim shakllari kesimida:

kunduzgi — 2 560 ta; 
sirtqi — 1 043 ta;
kechki — 183 ta;
masofaviy — 112 ta.

Ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yoʻnalishga ham oʻtadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yoʻnalishga taalluqli boʻlar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshtasiga ham oʻtishi belgilangan.

Bundan tashqari, davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uchun qoʻshimcha 2 foizlik davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining tashkilotlar kesimidagi taqsimoti ham tasdiqlandi.

Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yoʻnalish uchun amal qiladi. Ikkinchi va qolgan yoʻnalishlarga taalluqli emas.

Ushbu qoʻshimcha kvota faqat kunduzgi taʻlim uchun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinchi yoʻnalishga sirtqi, kechki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinchi yoʻnalishga kunduzgini tanlash kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yoʻnalishlarga xohlaganini tanlashi mumkin.

“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha boʻlgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga toʻlmagan) uchun qoʻshimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining oliy taʼlim muassasalari va taʼlim shakllari kesimidagi taqsimoti jami: 1 949 ta qoʻshimcha kvota. Shundan:

kunduzgi – 1 280 ta;
sirtqi – 521 ta;
kechki – 92 ta;
masofaviy – 56 ta.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img