Bolaning tishi kech chiqishi mumkinmi?

30.07.2024 08:07
eye icon91
Bolaning tishi kech chiqishi mumkinmi?
Bolaning tishi chiqishi ba'zida qiyinchiliklar bilan kechadi. Ba'zi bolalar bu davrdan oson o'tadi. Har qanday vaziyatda ota-onalar bilishi kerak bo'lgan narsalar mavjud. Quyida bolaning tishi chiqayotganidan darak beradigan alomatlarni keltirib o'tamiz.

1. Bolaning milki shishib qoladi;
2. Bolaning milki oqsih rangga bo'yaladi;
3. Ko'p so'lak oqadi;
4. Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni istaydi;
5. Tana harorati oshadi (ko'pi bilan 37-38 gradusgacha);
6. Bola injiqroq bo'lib qoladi;
7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi;
8. Bola ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi;
9. Bolaning ishtahasi yo'qoladi;
10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.

Mazkur alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormaslik lozim. Masalan, bolaning tana harorati oshib, yo'talib, burni oqayotgan bo'lsa, u holda bola shamollagan bo'lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo'shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.

Onaning o'zi bolasi uchun birinchi shifokor. Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo'lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma'qul. Bolada tishi chiqishi jadvali va tish chiqishi bilan bog'liq muammolar bilan ham tanishing.

Bolada ilk tishlarning chiqish jarayoni ba'zida qiyinchilik bilan o'tadi. Bu jarayonda ota-ona quyidagilarga ahamiyat bermog'i lozim:

Bolaning tishi chiqayotganda uning organizmida vitamin D yetarlicha bo'lishini ta'minlash kerak. Buning uchun bola bilan toza havoda quyosh nurlari ostida ko'proq bo'lish tavsiya etiladi.

Bolaning tishi chiqayotganda istma chiqishi kuzatilsa, emlashni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi. Chunki bu davrda bolaning immuniteti pasaygan bo'lib, emlashdan so'ng nohush holatlar vujudga kelishi mumkin.

Bolaning tishi chiqayotganda uni kuch bilan ovqatlantirmalik maqsadga muvofiq bo'ladi. Bola o'zi istaganicha yeyishi yoki faqat emishi foydali bo'ladi.

Tishi chiqayotgan bolaning solagi oqishi natijasida organizmidan ko'p suyuqlik chiqib ketadi, shuning uchun unga ko'proq suv ichirib turish kerak.

Bolada tish chiqishi asosan 6 oydan boshlanib, 2.5-3 yoshiga qadar ma'lum bir tartibda barchasi chiqib bo'ladi. Lekin bu muddat va tartib bolaning ovqatlanishi, genetik rivojlanishi va boshqa sabablar tufayli har xil bo'lishi mumkin. Agar oldin tish chiqishining kechikishi raxit belgisi deb ta'kidlangan bo'lsa, hozirgi kunga kelib, jismonan sog'lom bolada ham tish chiqishi normadan kechikishi yoki oldinroq bo'lishi mumkin ekanligi aniqlandi. Tish chiqish jarayoni ayrim bolalarda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Ota-onalar quyidagi holatlarga alohida ahamiyat bermoqlari lozim:

— Tish chiqishi jadvaldagi muddatlardan 2-3 oyga kechikishi;
— Tishning jadvaldagi muddatdan 2-3 oy oldin chiqishi;
— Tish chiqish tartibining buzulishi;
— Tish chiqishi milkdagi tishlar qatoridan bo'lmasligi;
— Tishning noto'g'ri shakllanishi;
— Tug'ilishdan oldin tish chiqishi.

Yuqoridagi holatlar kasallik holati emas, lekin bola organizmida ma'lum patologik jarayon mavjudligidan dalolat beradi.

Quyidagi jadvalda bolaning tishi chiqish muddatlarining o'rtacha ko'rsatkichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img