Ota-onaning farzanddagi haqlari

29.07.2024 18:56
eye icon84
Ota-onaning farzanddagi haqlari
Bizning tug’ilib, es-hushimizni tanishimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallashimizda, insoniy fazilatlar va yaxshi xulq sohibi bo’lib yetishishimizda, xullas jamiyatga munosib komil insonlar qatoridan joy olishimizda ota-onaning buyuk hissasi borligini hech kim inkor qilolmasa kerak.

Zero, otamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo’ladi, voyaga yetishimizda o’zining sa’yi-harakatlari, ibrati, ro’zg’or yuritishi bilan faol ishtirok etadi. Bizning kamolga erishuvimizdagi onaning beqiyos xizmatlarini ta’riflashga esa til ojiz, qalam noqis, so’z tanqis.

Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Jannat onalarning oyoqlari ostidadir” deganlar va ummatlaridan bu dunyoda jannat izlaganlarni onani rozi qilishga, uning duosini olishga targ’ib qilganlar.

Bir a’robiy Payg’ambar alayhissalomdan: “Menda otamning haqqi ko’pmi yoki onamning?” deb so’raganida u zot uch martagacha “Onangning haqqi” deb javob qaytarganlar va to’rtinchi marta so’ralganda “otangning” deganlar. Bir yigit sahobalardan: “Onamni yelkamga ko’tarib Makkaga olib borib, yetti marta Ka’bani tavof qildirdim, endi uning haqqini ado qiloldimmi?” deb so’raganida ular: “Yo’q, bu xizmating bilan u seni emizish uchun bir marta uyqusini buzganini ham rozi qilolmading” deyishgan ekan.

«Ota – ona rizosi» kitobi asosida tayyorlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img