Diplomatiyada o‘qish qimmatlashdi

29.07.2024 13:27
eye icon78
Diplomatiyada o‘qish qimmatlashdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani haqida oliygoh saytida xabar berildi. Yangi narxlarga koʻra, kontrakt-toʻlovlari 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming soʻm, stipendiyali – 35 million 642 ming soʻm, 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming soʻm, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming soʻm etib belgilangan. Magistratura esa 27 million 216 ming soʻm deb belgilangan.

Oliygoh matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, JIDUda 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023/2024-yillarda stipendiyasiz oʻqish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18 million soʻm, magistratura uchun – 21 million soʻm etib belgilangan.

Oldinroq, davlat oliy taʼlim muassasalarida 2023/2024 oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida bir talabaga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oʻqitish xarajatlari eʼlon qilingan edi. Unga koʻra, oʻrtacha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha stipendiyasiz oʻqitish xarajatlari 13 million 640 ming soʻmni tashkil qiladi. Oʻrtacha toʻlov kontrakt qiymati esa 7 million 446 ming soʻm boʻlib, bu – xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.

Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yoʻnalishlar roʻyxatida huquq – 81,2 foiz, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar – 81,2 foiz, jahon siyosati – 81,2 foiz, iqtisod – 75,6 foiz va axborot texnologiyalari 75,6 foiz yoʻnalishlari oʻrin olgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img