Bola nega barmoq uchi bilan yuradi?

29.07.2024 08:42
eye icon139
Bola nega barmoq uchi bilan yuradi?
Endigina "oyoq chiqargan" bolalar ba'zan oyoq uchida, xuddi balerinalardek yurishadi. Bu holat ba'zida normal, ayrim hollarda esa muammo bo'lishi mumkin. Bugun shu masalaga nazar tashlaymiz.

Quyidagi holatlarda bola barmoq uchida yursa hech qanday tashvishga hojat yo'q.

— bola vaqtida va yaxshi rivojlanib borayotgan bo'lsa;
— tengdoshlaridan rivojlanish jihatdan ortda qolmayotgan bo'lsa;
— faqat ba'zi-ba'zida barmoq uchida yursa, boshqa payt bemalol tavoniga bosib yura olsa;
— yurayotganda gangirab, o'zini yo'qotib yiqilmasa;
— barmoq uchida yurayotganida faqat bittasini emas, ikki oyog'ining barmog'ini uchiga qo'ysa.

Ushbu holatlarda biron tibbiy muolaja talab etilmaydi. Ko'pincha bu "odat" vaqt bilan o'tib ketadi. Qo'shimcha ravishda onaning o'zi bolaning oyoqlariga tinchlantiruvchi massaj qilishi mumkin. Hovlida (qum, mayda shag'al ustida) bolani yalangoyoq o'ynatish ham foydadan holi bolmaydi. 

Agar bolada barmoq uchida yurishiga qo'shimcha ravishda nevrologik muammolar namoyon bo'layotgan bo'lsa, bolani shifokorga ko'rsatish zarur. Nevrologik muammoga ega bo'lgan bolalar muddatidan oldin tug'ilgan, tug'ish jarayonida jarohat olgan, asabiy va ko'p yig'laydigan, tengdoshlaridan rivojlanishda ortda qolayotgan, qila olgan harakatlarini birdaniga qila olmayotgan, yurganida o'zini ushlay olmaydigan bo'lishi mumkin. 

Kun mobaynida ba'zi-bazida oyoq uchida yurish muammo emas, lekin butunlay oyoq uchida yurishga mushaklarning gipertonusi sabab bo'lishi mumkin. Bunda davolash muolajalarini imkon qadar ertaroq boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Barmoq uchida yurish qanday davolanadi?

Massaj va maxsus jismoniy mashg'ulotlar yordamida;
Suzish yordamida;
Raqs va jismoniy tarbiya yordamida.

Juda kam hollarda barmoq uchida yurish autizm kasalligi, mushaklarda patologik rivojlanish, miyada patologik o'zgarishlar yoki nevrologik kasalliklar alomati bo'lishi mumkin. Bunda bolada yuqorida ta'kidlab o'tilgan qo'shimcha ravishda  boshqa muammolar ham namoyon bo'ladi.  

Uy sharoitida massaj qilish usuli

Bolaning tovonida ona barmoqlari bilan 8 raqamini bosib yozadi. 10 marta har bir oyoqda qaytaradi;
Bolaning yotgan holida oyoqlarini bukib, qayta to'g'ri holatga keltiradi.

Har bir usulni 8-10 marta har kuni takrorlash talab etiladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img