"Yo‘lni o‘zlashtirib, farzandlarimni xavf ostiga qo‘yishdi..."

27.07.2024 13:59
eye icon169
"Yo‘lni o‘zlashtirib, farzandlarimni xavf ostiga qo‘yishdi..."
Koʻchamizda har xil mevali daraxtlar oʻsardi. Biznikida gilos, bir qoʻshnimiznikida olma, boshqasida behi. Kattalar “bor, falonchini koʻchasidagi behidan olib kel”, deyishsa, “ruxsat bermasachi?” deb soʻrardik. Lekin aslida hech kim bir-biridan ruxsat soʻramasdi. Chunki koʻcha seniki yoki meniki emas degan tushuncha boʻlgan. Koʻchaga ekilgan daraxt mahalla, xalq uchun deyishardi.

Tahririyatimizga kelib tushgan murojaat bilan tanishar ekanman, shu gaplar yodimga keldi: “Koʻcha ayni bir kishiga tegishli emas!”

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Humo mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladigan M.J. ning aytishicha, qoʻshnilari koʻchadagi yoʻlni oʻzlashtirib olib, uning qisqarishiga sabab boʻlgan. Oqibatda bolalarining hayoti xavf ostida qolgan.

Aksariyat mahallalarda, ayniqsa, qishloq hududlarida uy devori yoki darvozasi bilan avtomobil yoʻli orasida 2-3 metr joy boʻladi. Kimdir shu qismiga gullar ekadi, yana kimdir mashina turishi uchun tekislab qoʻyadi. M.J. ham avtomashinasini qoʻyish uchun uyining koʻcha tomondagi qonunan unga tegishli boʻlgan qismini asfaltlab qoʻygan.

Toʻgʻridagi qoʻshnisi esa oʻzining uyi tomondagi 2-3 metrlik joyga qanoat qilmay, asta-sekin avtomobil yoʻli tomon “siljiy boshlaydi”. Mashinalar esa u egallab olgan yerga yura olmay M.J. tekislab qoʻygan yer orqali aylanib oʻta boshlaydi. Bora-bora holat shu darajaga yetadiki, murojaatchi darvozasidan tashqariga qadam qoʻyishi bilan oʻzini avtomobil yoʻlida koʻradi.

Muammoning eng nozik jihati esa bu holat oiladagi yosh bolalarning hayotiga xavf solmoqda. Hovlida oʻynab yurgan bolalar hayol bilan boʻlib, koʻchaga yugurib chiqqan vaqtda mashina kelib qolishi mumkinligi sabab oila kattalari doimo hadik ostida yashashmoqda.


Kadastr hujjatlari boʻyicha M.J. ga tegishli ekanligi koʻrsatilgan mazkur joy endilikda bolalar uchun xavfli qatnov qismiga aylangan.

Qiziltepa tuman hokimligi va boshqa masʼullar ushbu holatni befarq qoldirmagan xolda tegishli tartibda amaliy chora koʻrishadi degan umiddamiz.

Bolalarolami.uz tahririyati

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img