Bolalarni boshqalarga solishtirishning oqibati qanday?

20.06.2022 20:00
eye icon1285
Bolalarni boshqalarga solishtirishning oqibati qanday?

Bolalarni boshqa bolalarga qiyoslash ayrim holatda yaxshi natija berishi mumkin. Bola o'z tengdoshlaridan ortda qolmaslik uchun yanada yaxshiroq bo'lishga intilishi mumkin. Ammo aksariyat holatlarda bolani boshqalarga solishtirish kutilgan natija bermaydi. Bugun ushbu holatning yomon taraflari haqida gaplashamiz. Buni bir qancha salbiy jihatlari bor: 

1. Bolalar o'zlarini keraklicha yaxshi ko'rilmagan his qiladi, hafa bo'ladi. Buni kattalar misolida ham ko'rishimiz mumkin. Agar turmush o'rtog'ingiz, sizga boshqa odamning turmush o'rtog'ini misol qilib ko'rsatsa, albatta jahlingiz chiqadi. Qiyoslangan odamni yomon ko'ra boshlaysiz, turmush o'rtog'ingizga esa “o'sha odam bilan oila quring” unday bo'lsa degingiz keladi. Bolalarda ham huddi shunday...

2. Bolalarni doimiy boshqalar bilan o'zini qiyoslashga odatlantirib qo'yasiz. Albatta, bu yomon, chunki bolalarning qobiliyatlari xar hil. Biz doim kimdandir qandaydir masalada ustun, qandaydir masalada noqismiz. Bolalar – o'zidan kuchlilar bilan o'zlarini qiyoslab, o'zlariga ishonchi yo'qoladi yoki aksincha holda g'ururlanib ketishi mumkin.

3. Doimiy qiyoslangan bola o'zi kim ekanligi, nimalar xohlashini unutib qo'yishi mumkin. Ya'ni eng sevimli kishilari – ota-onasi xohlagan odamga o'xshashga bo'lgan xohish, bolalarni o'zlari qanday ekanligi, nima xohlashlarini unuttirib qo'yishi mumkin. Natijada farzandingiz o'zga odam hayotini yashab, baxtli bo'la olmay qolishi mumkin.

4. Qiyoslash o'zingizga ham zarar bo'lib qolishi mumkin. Bolalar kichkina yoshlarida hafa bo'ladi, lekin hech narsa demaydi. Katta yoshdagi bolalar esa o'zingizga huddi shunday javob qaytarishi mumkin. Ya'ni kimnidir ota-onasi bilan sizni qiyoslaydi. Ota-onalar va imkoniyatlar ham xar hil, sizdan imkoniyati, bolalari uchun vaqti ko'plari bilan qiyoslanishingiz ko'ngligizni og'ritishi turgan gap. Siz ular uchun boringizni bersangizu, ular boshqalarni gapirsa...

Shuni eslatib o'tish lozimki, qiyoslanishi mumkin bo'lgan shaxs – Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalaridir. Payg'ambarimiz alayhissalomning go'zal hayotlari biz uchun komil musulmon bo'lib, chiroyli hayot kechirishimizga eng munosib namunadir. 

Keyingiz safar farzandingizni tanqid qilmoqchi bo'lsangiz, ehtiyot bo'ling! Boshqalarning yaxshiligini emas, farzandingizdan nega xafa ekaningizni, agar siz xohlaganday bola bo'lsa, xursand bo'lishingizni ayting.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img