Bolalarga shafqatsiz muomalada bo‘lish. Qonun nima deydi?

20.06.2022 12:40
eye icon1255
Bolalarga shafqatsiz muomalada bo'lish. Qonun nima deydi?

O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga ko'ra, bolaning hayoti va sog'lig'i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o'z qaramog'iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Mazkur jarayon fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan erga joylashtirishi va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi bolani olish to'g'risida hujjat qabul qilganidan keyin 7 kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to'g'risida sudga da'vo bilan murojaat etishi shart.

Shuningdek, agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos bo'lgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) da'vosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va Oila kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning manfaatlariga zid bo'lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, da'voni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img