"Urush bolasi"ning hikoyasi

25.07.2024 10:57
eye icon242
"Urush bolasi"ning hikoyasi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini boshlaganidan beri yuzlab ukrainalik bolalarning ota-onalari halok bo'ldi yoki bedarak yo'qoldi. Yana besh mingga yaqin voyaga yetmaganlar harbiy harakatlar bilan bog‘liq boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘ldi. Bu ma'lumotlar dastlabki vaqtlardagi e'lon qilingan raqamlarning ayrimlari xolos. Hozirgi raqamlar, qurbonlar va bedarak yo‘qolgan oilalar, bolalar soni bo‘yicha statistika qandayligi va aslida bu raqamlar kamaytirib ko‘rsatilyaptimi, yo‘qmi bu alohida mavzu.

Ha, bu nomi o'chgur urush begunoh bolalarga qanchalik zarar keltirayotganini tassavvur qilish qiyin. Keling, bugun siz bilan yuzlab jabrlangan bolalardan biri, ukrainalik 8 yoshli bolakayning taqdiri haqidagi hikoya orqali ularning ahvoliga nazar tashlashga harakat qilamiz.

Bogdan

Baxmutlik 8 yoshli Bogdan bu urushda yetim qolgan 1128 nafar (2022-yilgi raqamlardan) bolaning biri. U qo‘shnilaridan qochib, onasi vafot etgan joyga boradi.

Onasi navbatdagi otishma paytida vafot etgan qarindoshining dafn marosimiga borgan va qo'shnilari hamda u bilan birga bo'lgan odamlar yo‘lda yangi bombardimon ostida qolishadi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga qaraganda, ular portlash oqibatida sochilgan qobiq parchalari oqibatida halok bo‘lgan. Bogdanning onasi yetti oylik homilador edi. Bolaning o‘gay otasi ham urushda vafot etgan.

Mahalliy politsiyaning aytishicha, ularning jasadlari bir necha kun ko'chada yotgan. Chunki Rossiyaning hujumlari to'xtamagan va o'liklarni yig'ib olishning iloji bo'lmagan.

Bogdan onasi va o‘gay otasi vafot etganini bilgach, qo‘shnilaridan yashirinib, velosipedga mingancha, voqea joyiga otlangan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni vayron bo'lgan shahar orasidan otishma ostida qidirib topishadi va xavfsiz hududga olib ketishadi.

Donetsk davlat ma'muriyati bolalar xizmati rahbari Natalya Timofeyevaning BBC News Ukrainaga bergan intervyusida eslashicha, Bogdan vafot etgan onasining tanishi bo‘lgan ayolga topshiriladi, keyinroq esa Kiyevga evakuatsiya qilinadi.

Bogdan keyinchalik Ispaniyada reabilitatsiyadan o'tadi.

Natalya Timofeyevaning aytishicha, agar bu oila hukumat so'raganidek Donetskdan o'z vaqtida evakuatsiya qilinganida, bu fojia yuz bermagan bo'lardi.

Xo'sh, bu urush Bogdan kabi yana necha bolani kelajakdan umidsiz qoldirmoqda? Bugun Dunyo nega ko'rib, bila turib, quruq gapdan nariga o‘tib vaziyatni tinchlantirishga, begunohlarning qoni to'kilishining oldini olishga harakat qilmayapti?

Xulosani o'zingizga qoldiramiz.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img