Dunyoda 35 million bola qizamiqdan himoyalanmagan

20.07.2024 11:08
eye icon94
Dunyoda 35 million bola qizamiqdan himoyalanmagan
Uch yil davom etgan koronavirus pandemiyasi koʻplab sohalarda uzilish va toʻxtalishlarga sabab boʻldi. Xususan, dunyo boʻylab bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi ham keskin pasayishi kuzatildi. 

Mana, hozir epidemiologik vaziyat barqaror. Kasallik ortga chekingan. Ammo oʻtgan yili vaksina olmagan bolalar soni pandemiyadan avvalgi davr — 2019-yilga qiyoslaganda 2,7 million nafarga koʻpaygani afsuslanarli hol.   

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va YUNISEF tomonidan eʼlon qilingan yangi qoʻshma hisobot ayni shu muammo tahliliga bagʻishlandi. 

Unda qayd etilishicha, 2022-yilda 13,9 million nafar oʻgʻil-qiz difteriya, qoqshol va koʻkyoʻtalga qarshi bir martalik vaksinalarni qabul qilmagan boʻlsa, 2023-yilda ular soni 14,5 million nafarga yetgan. 

Bundan tashqari, qariyb 35 million bola qizamiqqa qarshi umuman emlanmagan yoki vaksinalarning tegishli dozasini olmagan.

Dunyo boʻyicha 83 foiz oʻgʻil-qiz xuddi shu kasallikka qarshi bir dozada, 74 foizi esa 2 bosqichda emlangan. Biroq JSST tomonidan bu borada qamrovni 95 foizga yetkazish maqsad qilingan. Shu maʼnoda, erishilgan koʻrsatkichlar qoniqarli emas.

Shu bois tashkilot tegishli hukumatlarni bu muammoni bartaraf etish uchun faol chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqirdi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img