Endi farzandini urgan ota-onalar javobgarlikka tortiladi

17.07.2024 17:53
eye icon186
Endi farzandini urgan ota-onalar javobgarlikka tortiladi
Kecha, 16-iyul kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishida oilaviy (maishiy) zoʻravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan boʻlsa-da, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.

Shu tufayli, qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zoʻravonlik toʻgʻrisidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan toʻldirilmoqda.

Bundan tashqari, Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin” mazmunidagi ikkinchi qism bilan toʻldirilmoqda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda ham bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda ham qabul qilingan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img