Chaqaloqlarning tibbiy sharoitini yaxshilash uchun 100 million dollar qarz olinadi

17.07.2024 12:20
eye icon82
Chaqaloqlarning tibbiy sharoitini yaxshilash uchun 100 million dollar qarz olinadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mamlakatimizga homilador ayollar va chaqaloqlar uchun perinatal tibbiy xizmatlarni yaxshilashga koʻmaklashish maqsadida 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli qarz ajratadi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

“OTB Oʻzbekistonning ayollar va bolalar salomatligini asrash hamda onalar va chaqaloqlar oʻlimi darajasini kamaytirish uchun yuqori sifatli perinatal tibbiy xizmatlarni taʼminlashga qaratilgan intilishini qoʻllab-quvvatlaydi”, – dedi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boʻyicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Xabarda aytilishicha, kompleks perinatal yordam loyihasi mamlakatimiz boʻylab 230 ga yaqin perinatal markazlarni zamonaviy energiya samarador tibbiy uskunalar, yangilangan klinik standartlar va protokollar bilan taʼminlash, tibbiyot xodimlarining salohiyati va xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi.

Shuningdek, loyiha perinatal yoʻnaltirish tizimini yaxshilash hamda homiladorlikni nazorat qilish va salomatlik xavflarini erta aniqlash uchun elektron bemor kartalarini joriy etish orqali perinatal yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Qolaversa, loyiha doirasida bank tomonidan ayollarning xabardorligini oshirish hamda homilador ayollar va onalarni tibbiy xizmatlardan foydalanishga undash va buning uchun akusherlar va hamshiralarni oʻqitishga koʻmaklashish koʻzda tutilayotgani taʼkidlangan.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston 1995-yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Oʻtgan davr mobaynida mazkur bank mamlakatimizga 12,5 milliard AQSH dollari miqdorida qarzlar, grantlar ajratgan hamda texnik yordam koʻrsatgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img