Oilaviy muammolar: Buxoroda ayol qizlarini kaltakladi

14.07.2024 22:23
eye icon142
Oilaviy muammolar: Buxoroda ayol qizlarini kaltakladi

Buxoroda ayol voyaga yetmagan qizlarini shafqatsizlarcha kaltakladi
Buxoro, Jondor tumani: Mahmud Torobiy ko‘chasida yashovchi ayolning ikki voyaga yetmagan qizini shafqatsizlarcha kaltaklagan holati aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ushbu noxush voqea nafaqat mahalliy aholining, balki butun mamlakat bo‘ylab keng jamoatchilikning e’tiborini tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i bir necha yildan buyon Rossiyada ishlab keladi. U oilasi bilan yetarlicha aloqada bo‘lmagani va yetarlicha mablag‘ jo‘natmagani sababli ayol o‘z qizlarini shafqatsizlarcha urib, bu holatni videotasvirga olib, eriga jo‘natgan.

Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning ma’lum qilishicha, mazkur voqea yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat jamiyatda oilaviy muammolar va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mutasaddilar ushbu holatni to‘liq o‘rganib, adolatli qaror chiqarilishini ta’kidlamoqdalar.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img