Aksariyat kasalliklar singari g'ilaylik ham tug'ma va orttirilgan bo'lishi mumkin.
Orttirilgan g'ilaylik kelib chiqishiga turli ko'z kasalliklari, stress, psixik jarohatlar (qo'rquv), markaziy nerv sistemasi kasalliklari, o'smalar, yuqori isitma bilan kechuvchi kasalliklar, bolalar infektsion kasalliklari sabab bo'ladi. G'ilaylikni davolash uchun kasallikning turiga va bemorning ahvoliga qarab ko'zoynaklar, kontakt linzalar yoki jarrohlik usuli tavsiya etiladi.
G'ilaylikning oldini olish uchun bolalarni oftal'molog ko'rigiga muntazam olib borish, ko'zda o'zgarishlar sezilsa yoki shikoyatlar paydo bo'lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Bundan tashqari ko'zni zo'riqishlardan asrash, infektsiyalarni erta aniqlash va davolash, bosh suyagi jarohatlaridan asrash lozim.
Shuningdek, tug'ma g'ilaylikni oldini olish uchun homiladorlik vaqtida ham salbiy ta'sir qiluvchi vositalardan uzoq bo'lish zarur.
Shifokor tavsiyasi asosida tayyorlandi