Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuboriladi va shu kod asosida bola bog‘chaga qabul qilinadi.