Voyaga yetmagan qizni buzuq ishga majburlaganlar sudlandi

11.07.2024 13:14
eye icon222
Voyaga yetmagan qizni buzuq ishga majburlaganlar sudlandi
Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol N.A. oʻzining uyida voyaga yetmagan Ch.T. ni 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zoʻrlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganligi xabar berilgandi. 

Bolalar ombudsmani soʻroviga koʻra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan boʻlib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009-yilda tugʻilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Joriy yil 8-aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona oʻrgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi. 

Jumladan, sudlanuvchi N.A. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan boʻlib, Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni koʻrib chiqdi va birinchi instansiya sudi hukmini oʻzgarishsiz qoldirdi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img