3 yoshli o‘gay o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirgan erkak ushlandi

11.07.2024 13:11
eye icon208
3 yoshli o‘gay o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirgan erkak ushlandi
O‘zi bilan qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan ayolning avvalgi turmushidan tug‘ilgan farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan shaxs ushlandi.

Shu yilning 9 iyul kuni Yashnobod tuman, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 1993 yilda tug‘ilgan erkak, ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayol bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari etkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img