Navoiy shahrida voyaga yetmagan qizni bir necha kishi zo‘rlagan. Ma’lum bo‘lishicha, 15 yoshli qizni Navoiydagi muzqaymoq shoxobchasi yerto‘lasida bir necha bolalar zo‘rlab, u bilan jinsiy aloqa qilgan. Boshqa bir bola esa uni noma’lum joyga olib ketib, o‘sha yerda bir necha marotaba jinsiy munosabatda bo‘lgan.
Bundan tashqari, hodisa yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida tergovchi bo‘lgan IIB xodimi qizni Toshkentga chaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan. Aniqlanishicha, hozirda tergovchi qamoqqa olingan.
Sud hukmi bilan sudlanuvchilarning ikki nafariga 3,5 yil, bir nafariga 4,5 yil va bir nafariga 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Hozirda jabrlanuvchi qizni yana uch yigit zo‘rlagani holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyatchilarning eng kattasi 23 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 18 yoshda bo'lgani aytilmoqda.