Yaponiya maktablaridagi noodatiy qoidalar

05.07.2024 09:42
eye icon145
Yaponiya maktablaridagi noodatiy qoidalar
Tan olish kerak, Yaponiya maktab ta'lim tizimi dunyoda eng yetakchi tizimlardan biri. Keling, Yaponiya maktablaridagi noodatiy qoidalar haqida gaplashamiz:

Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi
Sinfxonalarga davlat tomonidan belgilangan taomlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.

Yapon maktablarida yozgi ta'till berilmaydi
O‘quv yili davomida 5 haftalik ta'tillar beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

Maktabda farrosh yo‘q
Bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! 
Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu san’atni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi. Bu norma mamlakatning orol-davlat ekanligi, ummonga yaqinligiga bog'liq deya ta'riflanadi.

Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! 
«Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q!» degan tushuncha yapon ta’lim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Shuningdek:
Maktablarda ishqiy munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi;
O‘quvchilarning turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlarga ruxsat etilmaydi;
Yapon bolalari boshlang‘ich sinfdan keyin forma kiyishga o‘tishadi.

Internet manbalari asosida tayyorlandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img