INTERNET JURNALISTIKASIDA MEDIA MADANIYaT. YuTUQ VA KAMChILIKLAR MISOLIDA

14.06.2022 02:21
eye icon1995
INTERNET JURNALISTIKASIDA MEDIA MADANIYaT. YuTUQ VA KAMChILIKLAR MISOLIDA

Ro'ziqul OChILOV,
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unitersiteti 4 bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada internet jurnalistikasida kuzatilayotgan o'zgarishlar, jurnalistlar oldida turgan muhim masalalar hamda internet jurnalistikasining ustunliklari, axborotlar orqali insonlarga ta'sir o'tkazilayotgani tadqiq etilgan.
Tayanch so'zlar: axborotlashgan jamiyat, mediata'lim, media madaniyat, axborot savodxonligi.

Butun dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanishi jahon hamjamiyati hayotining muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Ularning keng tarqalishi zamonaviy voqelikni o'zgartirmoqda, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda sezilarli o'zgarishlarga — “axborotlashgan jamiyat” shakllanishiga olib kelmoqda. AKT siyosiy kommunikatsiya xarakteriga, davlatning tavsifiga katta ta'sir ko'rsatib, davlat institutlari va fuqarolik jamiyati o'rtasida o'zaro munosabatlarni sezilarli darajada o'zgartirmoqda.
Mediasavodxonlik ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda xolis yondashish hamdir. Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko'ra, mediasavodxonlik sari tashlangan ilk qadam, bu to'g'ri savol bera olishdir. Bugungi kunda Internet orqali amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi.
Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo'shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto'g'ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko'ringan, ammo mohiyatan inson ongiga salbiy ta'sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko'payib borayotganligi hech kimga sir emas.
Aynan jamiyat hayotiga ta'sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning oldini olishda aholini mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko'paymoqda. Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o'tilsa, Finlyandiyada 1970 yildan o'rta maktablarning, 1977 yildan esa oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlariga kiritilgan edi.
1990 yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata'lim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980 yildan boshlab ta'lim muassasalarida alohida fan sifatida o'qitila boshlangan. 1990 yillarda Rossiyada mediata'limni ilmiy tadqiq etishga urinishlar bo'lib, O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikova va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo'la oladi. 2002 yili pedagogika oliy ta'lim yurtlari uchun mediata'lim ixtisosligi bo'yicha yo'nalish ochildi. 2005 yili esa YuNESKO homiyligida “Mediata'lim” darsligi yaratildi va Rossiyada kinota'lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi.
Haqiqat shundaki, sifatsiz va yolg'on axborotlar insonlar ongini manipulyatsiya qilish, ta'sir o'tkazish xususiyatiga ega ekanligini inkor etib bo'lmaydi. Fuqarolarni OAVdagi zararli xabarlardan himoya qilishning eng samarali va barqaror usuli — barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan, mamlakatimiz fuqarolarning axborot savodxonligini rivojlantirish orqali o'zlarini himoya qilishlariga imkon berishdir.
Bugungi kunda odamlarning axborot olishga bo'lgan ehtiyoji tobora ortmoqda. Bu talabni qondirish borasida faoliyat yuritayotgan axborot tarqatish vositalari orasida internet barcha foydalanuvchilar uchun qulayligi, arzonligi, har qanday yangilikni ommaga etkazishda tezkorligi bilan etakchilik qilmoqda. O'z navbatida mamlakatimizda internet nashrlarga yaratilgan shart-sharoit va huquqiy me'yorlar soha rivojiga dasturilamal bo'layotir.
Kundan kunga internet foydalanuvchilarining ortib borishi, sohadagi mas'uliyatni oshirmoqda. O'zbekistonda internet tarmog'iga ulangan abonentlar soni 2021 yilning 1 yanvar' holatiga ko'ra, qariyb 20 milliontani tashkil etgan . Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,9 foizga oshgan.
Hududlar orasida:
eng ko'p abonentlar soni Toshkent shahrida — 4 620,9 mingta;
eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida — 505,7 mingta.02:12

Bu boradagi ishlarning rivojiga sezilarli e'tibor qaratilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev o'tgan yilning 9 avgust kuni bo'lib o'tgan O'zLiDePning X qurultoyida har bir xonadon va ijtimoiy muassasa maqbul narxda yuqori tezlikdagi internetga ulanishi, magistral avtomobil' yo'llari 100 foiz mobil aloqa va internet bilan qamrab olinishini ma'lum qildi. Shuningdek, xalqaro magistral internet tezligi — 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi — 8 barobarga oshirilishini aytdi.
Internet nashrlarining boshqa OAVlardan bir qator ustunliklari mavjud. Ya'ni internet axborot vositalari — bosma matbuot, radio va televideniening ustuvor jihatlarini o'zida jamlagan ulkan axborot resursiga aylanib ulgurdi. Sababi internet nashrlari voqea to'g'risidagi axborotni yangilash borasida cheklanmagan imkoniyatga, matn uchun keng maydonga ega. Shu bilan birga, ovoz, grafika va video xabarlarni uzatish imkoniyati ushbu OAVning kuchi va ta'sir doirasini kengaytirmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img