Chaqaloqning muddatidan oldin tug‘ilishi xavflimi?

30.06.2024 08:38
eye icon132
Chaqaloqning muddatidan oldin tug‘ilishi xavflimi?
Ma'lumotlarga ko'ra, jahonda yiliga har o'n chaqaloqdan biri muddatidan avval tug'iladi. Shuningdek, 20 million nafardan ortiq go'dak kam vazn bilan dunyoga keladi. Eng yomoni, bu ko'rsatkich yildan yilga ortmoqda va mazkur omil 5 yoshgacha bo'lgan bolalar o'limining asosiy sababi bo'lib qolmoqda.

Shundan kelib chiqib, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti muddatidan avval va kam vazn bilan tug'ilgan chaqaloqlar hayotini saqlab qolish hamda parvarishlash bo'yicha bir qator tavsiyalar bergan.

Qayd etilishicha, bunday go'daklar organizmida yetarli miqdorda yog' zaxiralari mavjud bo'lmaydi. Oqibatda ularning tanasida issiqlik regulyatsiyasi qiyin kechadi va bola yaxshi nafas ololmaydi.

Ilgari bu kabi holatlarda chaqaloqlar inkubator yoki maxsus isitkichlarda uch kundan yetti kungacha bo'lgan muddat davomida saqlangan. Endi esa zamonaviy tibbiyot bundan ham samarali usullarni taqdim etmoqda. Ulardan biri  “kenguru” deb ataladi.

Mazkur parvarish turi bola tana haroratini bir me'yorda ushlab turishda juda muhim. Bunda go'dak ona yoki otasining ko'kragiga qo'yiladi. Kattalarning barqaror tana harorati yangi tug'ilgan chaqaloqning tana haroratini nazorat qilishga yordam beradi.

Qolaversa, “kenguru” usulida bola yaxshi uxlaydi. Shu bois uning energiyasi tana funksiyalarini yaxshilashga yo'naltiriladi. Natijada chaqaloq tezroq vazn yig'adi. Infeksiyalar va shamollashdan himoyalanadi.

Bundan tashqari, kam vaznli go'daklarning nafas olish tizimidagi muammolarni bartaraf etish, yurak urishini me'yorga keltirish, immun tizimini mustahkamlashda ham bu usul yaxshi samara beradi.

Bir so'z bilan aytganda, bolaning terisi ota-onasining tanasi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatishi o'rtada fiziologik va psixologik yaqinlikni ta'minlaydi. Ayni sababdan yangi ko'rsatmada bu usulni chaqaloq tug'ilishi bilan darhol qo'llash zarurligi tavsiya etilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img