Yoz oylarida havo issiq bo'lishiga qaramay, chaqaloqlarning organizmi ta'sirchan bo'lgani bois, ularni cho'miltirish oqibatida shamollatib qo'yish mumkin. Buning oldini olish uchun esa quyidagi qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi.
Umuman olganda chaqaloqni cho'miltirish faqatgina zarur gigiyena va chiniqtirish bo'libgina qolmay, ona va bola o'rtasida nozik muloqot hamdir. Shu sababli bolani cho'miltirishda u bilan gaplashib, kuldirib bu ishni amalga oshirish foydalidir.
Shuningdek, chaqaloqni yuvintirishdan oldin quyidagilar tavsiya etiladi:
· Cho'miltirishdan oldin barcha kerakli narsalarni tayyorlab oling;
· Cho'miltirishni bolaning boshidan boshlang;
· Suv harorati o'rtacha 37 darajani tashkil qilishi lozim;
· Hammom havosining harorati esa 24-25 darajani tashkil qilishi kerak;
· Bolalar uchun mo'ljallangan yumshoq sovun va shampunlardan foydalaning.
Bundan tashqari, bolani cho'miltirishda taqiqlangan ayrim holatlar ham mavjud bo'lib, ular:
– Bolani ovqatlangan zahoti cho'miltirish;
– Bolani suvda qarovsiz qoldirish;
– Tarkibida turli xil kimyoviy moddalar saqlaydigan sovun, shampunlar ishlatish;
– Dag'al sochiqlardan foydalanish va suvga har xil o'yinchoqlar solish hisoblanadi.
Shifokor tavsiyasi asosida tayyorlandi.