65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘lgan

26.06.2024 14:14
eye icon83
65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘lgan
2024-yilning 5 oyi davomida yoʻl-transport hodisalari oqibatida 65 nafar oʻquvchi halok boʻldi. Bu haqda 25-iyun kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9548 tasi transport qatnovi koʻp hududlarda joylashgan. Aksariyat maktablar oldida piyodalar uchun yoʻlaklar mavjud emas, tegishli svetoforlar oʻrnatilmagan.

Oqibatda oʻtgan davr mobaynida jami 359 nafar oʻquvchi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 65 nafar oʻquvchi halok boʻlgan, 294 nafar oʻquvchi turli darajada tan jarohatlari olgan.

2023-yilda esa bolalar bilan bogʻliq 1794 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok boʻlgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida esa mamlakat boʻyicha sodir boʻlgan umumiy yoʻl-transport hodisalarining soni har 100 ming aholiga 7,2 tani tashkil etgan. Xususan, Toshkent shahrida 12,8 ta, Toshkent viloyatida 12,2 ta, Namangan viloyatida 9,1 ta va Fargʻona viloyatida 8,4 taga yetgan.

Oʻlim bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining salmogʻi Samarqand, Toshkent (80 tadan), Fargʻona (69 ta), Qashqadaryo va Surxondaryo (53 tadan) viloyatlarida hamon yuqoriligicha qolmoqda.

Hodisalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda maʼlum boʻldiki, ularning 57 foizi yoʻl infratuzilmasidagi kamchiliklar hamda 43 foizi haydovchi tomonidan yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan. Sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bogʻliq holatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yil va 2024-yilning 5 oy davomida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining masʼul xodimlari tomonidan yoʻl infratuzilmasi bilan bogʻliq qariyb 11 ming kamchiliklar aniqlangan boʻlib, ularni bartaraf etish yuzasidan avtomobil yoʻllari egalariga jami 5, 5 mingta yozma koʻrsatma va taqdimnomalar kiritilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img