Bugun ulgurmasangiz, yana bir yil kutasiz – Qabul-2024

25.06.2024 09:21
eye icon105
Bugun ulgurmasangiz, yana bir yil kutasiz – Qabul-2024
Bugun, 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

24-iyun soat 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 742 ming 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan:
  • joriy yil bitiruvchilari — 380 ming 583 nafar;
  • avvalgi yillar bitiruvchilari — 361 896 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
  • erkaklar — 353 ming 698 nafar;
  • ayollar — 388 ming 781 nafar.

"Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.
25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz", – deyiladi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabarida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img