Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi Q.N. (ayol) ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan M.M. (ayol) uning ishonchiga kirib, oʻzining 2 nafar bolasini (2024-yilda tugʻilgan 2 oylik goʻdak va 2022-yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar) tashlab ketganini bildirib Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi.
U M.M. 45 kun avval tashlab ketgan bolalarni oʻzi boqib kelayotgani, shu muddat ichida ona biron marta ham bolalardan xabar olmaganini bayon etgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Ikki voyaga yetmagan bolalar uyiga (3 yoshgacha bolalar uchun umumiy tipdagi) vaqtincha joylashtirilgan.
“Hozirda M.M. bilan aloqa oʻrnatilgan boʻlib, uning qaramogʻida boʻlgan kichik yoshdagi farzandlariga gʻamxoʻrlik koʻrsatmagani holatiga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda”, — deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.