Qo‘shni erkak 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan

21.06.2024 16:18
eye icon188
Qo‘shni erkak 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan
Nurafshon shahrida 60 yoshli erkak 6 yoshli qoʻshnisiga tegajogʻlik qilganlikda ayblanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi. 

Maʼlum qilinishicha, bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro Y.N.ning murojaati kelib tushdi. Unda aytilishicha, joriy yilning 11-iyun kuni qoʻshnisi, 1964-yilda tugʻilgan S.Sh. 2018-yilda tugʻilgan qiziga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holatni bolalar ombudsmani nazoratiga oldi. Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. 19-iyun kuni Nurafshon shahar IIB Tergov boʻlinmasi tomonidan S.Sh.ga Jinoyat kodeksi 129-moddasi 2-qismi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Kecha, 20-iyun kuni sudga S.Sh.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritildi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur jinoyat ishi boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettiradi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img