Kichkina demang bizni yoxud bolalarning dunyoni o‘zgartirgan ixtirolari

21.06.2024 12:28
eye icon136
Kichkina demang bizni yoxud bolalarning dunyoni o‘zgartirgan ixtirolari
Biz yoshi kattalar, o'rta yoshlilar agar xayolot olamiga berilsak qaysi nuqtagacha borishimiz mumkin? Boringki, uch-to'rt sahifalik daftar varoqlarigina o'y-xayollarimiz bilan to'lar, ammo bolalarning xayolot olami chegara bilmaydi. Ayniqsa, bizni olamdagi ayrim kashfiyotlar shu jajjilarning tasavvur dunyosidan olingan, desam ishonasizmi? Yo'g'e-e, deysizmi? Unda bugungi maqolamiz orqali buni sizga isbotlashga harakat qilamiz...

Siz Benjamin Franklin haqida eshitgansiz, to'g'rimi? Aynan u elektr uchun «qo‘shish» va «ayirish» belgilari, shuningdek, harakatlanadigan kresloni kashf etgan. Albatta, bolalikdagi iste'dod Benjamingagina xos emas. Biz boshqa "vunderkind" bola bo'lganlar haqida hikoya qilishda davom etamiz.

Qorda yurish moslamasi — chang'i oyoqchalari

Bu qurilma shimoliy mamlakat hisoblanmish Kanadaning yosh vakili Jozef-Arman Bombarde tomonidan kashf etilgan. Kashfiyot Armanga 17 yoshga to‘lishi munosabati bilan otasi tomonidan eski Ford mashinasi sovg‘a qilinishi bilan bog'liq. Otasi sovg'a qilgan mashina shu darajada yomon holatda ediki, Arman uni qismlarga bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Mashinaning ehtiyot qismlaridan u qorda yurish moslamasini ixtiro qiladi.

Shunday qilib Arman keyinchalik kattalar qatoriga qo'shilgach, samolyot va boshqa texnika, shu jumladan, qorda yurish moslamasini ishlab chiqaradigan kompaniyaga asos soldi.

Saratonni tashxis qilish qurilmasi

Jyek Andrak — u 15 yoshida o‘pka, tuxumdonlar va oshqozon osti saratonini erta tashxis qilishning o'ziga xos usulini ishlab chiqadi. Endilikda buni ko‘rinishidan glyukometr – qondagi qand miqdorini aniqlaydigan maxsus mitti qurilma yordamida amalga oshirish mumkin.

Sevinch Elmurodova tayyorladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img