Bog‘cha bolalarini olib ketayotgan mashina avtohalokatga uchradi

20.06.2024 16:38
eye icon99
Bog‘cha bolalarini olib ketayotgan mashina avtohalokatga uchradi
Ijtimoiy tarmoqdlara Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida xususiy bogʻcha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgan avtomashina avariyaga uchragani haqida video tarqaldi.

Aniqlanishicha, 19-iyun kuni xususiy bogʻcha rahbari S.G. Nexia avtomashinasida bogʻcha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotganda Gentra haydovchisi U.Q. avtomashinasi bilan toʻsatdan Nexia oldiga chiqib yuborishi oqibatida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

YTH oqibatida 2018-yilda tugʻilgan X.F. va 2021-yilda tugʻilgan N.S. tan jarohati olib, shifoxonaga statsionar davolanishga yotqizilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, har ikkala jabrlanganlarda oʻrta darajadagi jarohatlar aniqlanib, zarur tibbiy muolajalar koʻrsatilgan.

Qolgan yoʻl transport hodisasi ishtirokchilari toʻliq ambulator koʻrikdan oʻtkazilgan, ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishi doirasida yoʻl harakati qoidalariga rioya etmasdan Nexia avtomashinasida belgilanganidan ortiq yoʻlovchi tashigan S.G.ning hamda Jentra rusmli avtomashina haydovchisi U.Q.ning harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati oʻrnatildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img