Isiriq homilador ayol uchun xavflimi?

18.06.2024 12:41
eye icon150
Isiriq homilador ayol uchun xavflimi?
An'anaviy tibbiyot vositalari dori-darmonlarga nisbatan zararsiz degan fikr bor. Ko'plab homilador ayollar bolaga zarar bermaslikka harakat qilib, xalq tabobatidan foydalanishni afzal ko'rishadi. Ammo bu har doim ham to'g'ri emas. 

Abu Ali ibn Sino o'zining "Tib qonunlari" asarida isiriqdan homiladorlar va emizikli ayollar aslo foydalanmasliklari haqida alohida ta'kidlagan.

Unga ko'ra, yuqori dozadagi isiriq xavflidir. Chunki u yuqori toksiklik darajasiga ega. Isiriq tarkibidagi moddalarning haddan tashqari yuqori dozasi o'limga olib kelishi mumkin. Shu munosobat bilan O'zbekistonda SanPin №0338-16  bo'yicha “biologik faol qo'shimcha hisoblanganligi sababli isiriqdan foydalanish taqiqlanadi”. 

Uning tarkibidagi garmalin miya va markaziy asab tizimiga juda kuchli sedativ ta'sir ko'rsatib, abortga olib kelishi mumkin.

Peganin va garmin moddalari bachadon mushaklarini bo'shashtirib, yuqori kontsentratsiyada sudorgi chaqiradi. Bu har bir odam uchun individualdir, ayrimlarda past, ayrimlarda esa yuqori kontsentratsiyada yuzaga kelishi mumkin.

Ma'lumot o'rnida, Litva, Rossiya, Gruziya kabi davlatlarda isiriq narkotik modda sifatida qonun bilan taqiqlangan.

Atbatta isiriq ming dardga davo bunga shubha yo'q. Ammo mutaxassislar undan homiladorlik va emizikli davrda foydalanmaslik yoki juda kam miqdorda foydalanishni tavsiya qilishadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img