«Tolibon» qizlarning o‘rta ta‘lim olishini taqiqlaganiga ming kundan oshdi

15.06.2024 09:40
eye icon80
«Tolibon» qizlarning o‘rta ta'lim olishini taqiqlaganiga ming kundan oshdi
Afg‘onistonda qizlarning o‘rta maktablarga borishi taqiqlanganiga ming kundan oshdi. BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) “aholining yarmi qoloq ekan, hech bir davlat olg‘a intila olmasligi”ni ta’kidladi.

UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel o‘z bayonotida “Tolibon” hukumatini barcha bolalarga zudlik bilan o‘qishini davom ettirishiga ruxsat berishga, xalqaro hamjamiyatni esa afg‘on qizlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Tashkilotning ogohlantirishicha, qizlarning ta’lim olishini taqiqlash Afg‘onistonning qonuniy hukumat sifatida “Tolibon”ni tan olish uchun eng katta to‘siqdir. 2021-yilda AQSH va NATO qo‘shinlarini olib chiqib ketishi ortidan Afg‘onistonni egallab olgan “Tolibon” qizlarning o‘qishni davom ettirishini taqiqladi.

Neytral boshqaruv haqidagi dastlabki va’daga qaramay, “Tolibon” ayollarga oliy ta’lim olish, bog‘lar kabi jamoat joylariga tashrif buyurishni ham taqiqladi. 1990-yillarda Afg‘onistonda “Tolibon” hukmronlik qilgan davrda ham qizlarning o‘qishi man qilingandi. “Tolibon” qizlarning 6-sinfdan keyin darslarga borishini taqiqlash orqali Afg‘onistonni mazkur cheklovlar bilan dunyodagi yagona davlatga aylantirdi.
UNICEF ijrochi direktori qizlarning tizimli ravishda chetlashtirilishini “nafaqat ularning ta’lim olish huquqini ochiqdan ochiq buzish, balki imkoniyatlarning kamayishiga va ruhiy salomatlikning yomonlashishiga olib kelishini aytdi.

Ketrin Rasselning so‘zlariga ko‘ra, UNICEF hamkorlar bilan 600 000 nafar bolalarga, ularning uchdan ikki qismi qizlarga jamoatchilik asosida ta’lim mashg‘ulotlarini o‘tkazish va o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun ishlamoqda.

Human Rights Watch tashkiloti afg‘on o‘g‘il bolalari ta’lim olish imkoniga ega bo‘lsalar-da, “qo‘pol” ta’lim siyosati ularga zarar yetkazayotganini aytdi. Dekabrdagi hisobotda malakali o‘qituvchilar, jumladan, ayollarning ishdan ketgani, jismoniy jazolarning kuchayishi natijasida o‘g‘il bolalarning ta’limi jiddiy zarar ko‘rgani ta’kidlangan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img