Yangi o‘quv yili uchun 200 mingdan ortiq kvota ajratiladi

15.06.2024 08:34
eye icon116
Yangi o‘quv yili uchun 200 mingdan ortiq kvota ajratiladi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov 2024−2025 oʻquv yilida oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 43 foizdan oshishini maʼlum qildi. Bu haqda u 12-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan hukumat soatida maʼlumot berdi.

Prezidentning 24-maydagi tegishli farmoniga asosan 2024−2025 oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlariga takliflar bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida shakllantirilgan. Bunda muhandislik, ishlov berish va qurilish, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot, tabiiy fanlar, AKT sohalari yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti kvotalari oshirilishi taklif etilgan.

Umumiy qabul kvotalari (grant va kontraktga ajratilmagan holda) oliygohlarning takliflari asosida shakllantirilmoqda. Takliflar Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Bunda umumiy qabul parametrlari oliygohlar, yoʻnalishlar, taʼlim tili, taʼlim shakli boʻyicha tasdiqlanadi.

“Umumiy qabul kvotalari bakalavriatga 200 mingdan ortiq boʻlishi, shubhasiz, yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 43 foizdan oshishini taʼminlaydi”, — deya taʼkidladi vazir.

Shuningdek, pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun 2-kursdan boshlab haftalik oʻquv mashgʻulotlarini “4+2” tartibida, jumladan, darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni maktabgacha, umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash shaklida olib borilishini taʼminlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

2023-yil Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha taʼlim boʻyicha qamrov darajasi 27 foizdan 72 foizgacha, oliy taʼlimda esa 9 foizdan 42 foizgacha oshganini maʼlum qilgandi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img