O‘quvchi «Hamster» tufayli shifoxonaga yotqizildi – o‘yin qanchalik xavfli?

14.06.2024 12:00
eye icon218
O‘quvchi «Hamster» tufayli shifoxonaga yotqizildi – o‘yin qanchalik xavfli?
Rossiyaning Tyumen shahrida istiqomat qiluvchi 14 yoshli bola shifoxonaga yotqizildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, bola so'nggi paytlarda ommalashayotgan "Hamster Kombat" o‘yinida ko‘proq tanga yig‘ishga kirishgan va bu unda salomatlik bilan bog'liq muammo keltirib chiqargan.

Telegram messenjeridagi bot orqali o'ynaladigan mazkur o'yinda ishtirokchi ekranga bosish va berilgan vazifalarni bajarish orqali kripto pullar ishlaydi. O'yin ichidagi pulni esa savdo ochilganidan keyin kartaga o'tkazib olish mumkin.

O'yin qoidalariga ko'ra, har soatda ma'lum miqdorda tanga yig'iladi va tangalarni 3 soatda jamg'arib olish kerak bo'ladi. 14 yoshli o'quvchi esa aynan shu tangalarni jamg'arib olish uchun har 3 soatga uyg'otkich (budilnik) o'rnatib chiqqan. Oqibatda uzoq uyqusizlikdan so'ng bolaning sog'ligi yomonlashgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda bolaning ahvoli barqaror ekanligi ma'lum qilingan.

"Hamster Kombat" shu qadar xavflimi? Unda pul ishlash mumkinmi?

O'yindagi daromadning haqiqiyligi ehtimoli yuqori. Lekin unda yig'ilgan millionlab tangalar arzimagan pulga sotilishi ham mumkin. Harqalay unga sarflangan vaqt, energiyaga nisbatan qaralsa sariq chaqa ishlash mumkin. Bunda ko'proq foyda qiladiganlar o'yin tashkilotchilari va birinchi boshlaganlar bo'lishi mumkin.

Uning xavfli ekanligi ham qaysidir jihatdan bor gap. Yuqoridagi holat kabi millionlab kishilar, nafaqat bolalar, katta yoshdagi kishilar ham bu o'yin ichida yashamoqda. Birinchidan, shuncha vaqtini sarf etganiga yarasha pul ishlay olmagan insonning shunchaki xafsalasi pir bo'lmaydi, bu uning kayfiyati, ruhiyatiga ham ta'sir qiladi.

Ikkinchidan, ekranga bosish, akkauntni kuchaytirish va hokazo ishlarni bajarishga kirishib ketib, ilm olishdan, kundalik ishlardan chalg'ish ham kuzatiladi. Qaysidir ma'noda qo'shimcha daromad bo'lishi mumkin, lekin aynan shu vaqtini til o'rganishga sarflagan bola nafaqat 1 marta, balki kelgusida umrining oxirigacha daromadga ega bo'lishi mumkin.

Uchinchidan, O'zbekiston musulmonlari idorasi bu kabi o'yinlarning harom ekanligi haqida fatvo chiqardi. Keyinchalik bu tushunmovchilik ekani, hali kriptovalyuta yoki "Hamster" kabi o'yinlarning halol-haromligi borasida tugal fikrga kelinmagani e'lon qilindi. Demak, bunda shubha bor. Dinimizda esa shubha bo'lgan ishlardan uzoq yurgan ma'qul ekanligi ta'kidlanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, farzandingiz vaqtini nimalarga sarflayotganini nazorat qilishni unutmang. Uning telefoni shaxsiy mulkidir, uni olib qo'yib bittalab tekshirib o'tirish noto'g'ridir. Ammo bolaning bo'sh vaqtini boshqa muqobil bilan to'ldirsangiz, kitob o'qishiga rag'bat o'laroq o'sha "Hamster"dan ishlash mumkin bo'lgan pulni bersangiz, bola nafaqat ehtimoliy zarardan uzoqda bo'ladi, balki o'z ustida ishlab, rivojlanadi. Kelajak uchun poydevor qo'yadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img