«Bolam nafas ololmay yotibdi, ular menga pul taklif qilishyapti»

14.06.2024 09:05
eye icon162
«Bolam nafas ololmay yotibdi, ular menga pul taklif qilishyapti»
Ijtimoiy tarmoqlarda namanganlik maktab bitiruvchisi “oʻlgudek” kaltaklangani va uni urganlar ozodlikda yurgani haqida xabarlar tarqaldi.

Namangan viloyati Pop tumani Chorkesar qishlogʻida yashovchi Maʼsudbek Tursunqulovning onasi Vazira Nishonova soʻzlariga koʻra, oʻgʻli  chalajon holda “tomdan tushib ketgan” degan gap bilan shifoxonaga olib kelingan. Unga “Miya chanoq singan, ikki tomonlama qon quyilish” deb tashxis qoʻyishgan, bola zudlik bilan operatsiya qilingan. Bolaning shu holatga kelishiga sababchi boʻlgan fuqarolar — tergovga tortilmay, ozodlikda yurishibdi. Besh kishi Maʼsudbekni bilyard tayoqchasi, kola shishasi bilan boshini yorishgan, orqa tomondan sakrab, miyasining suyuqligi chiqquncha kaltaklashgan.

Vazira Nishonova tegishli idoralarga Qoʻngʻiroq qilgan va ichki ishlar idorasi xodimlari bu masala boʻyicha ish ochgan. Lekin bugunga kelib, bolani urishda qatnashgan 5 kishilik guruh (Bilol Ya., Mehriddin X., Baxtiyor N., Jamolbek H, Behzod A.)ning faqat bittasiga ayb yuklanib, qolganlari vaziyatdan chiqib ketgan.

Xabarda aytilishicha, gumonlanayotgan va barcha ayb boʻyniga yuklangan bola – oddiy oilaning bolasi boʻlgani uchungina tergov izolyatorida qolgan. 

“Qolganlar va janjalda asosiy figurant deb aytilayotgan Bilolning ota-onasi esa bolasi jon olib-jon berayotgan Vazira opaga ishni bosdi-bosdi qilish uchun pul taklif qilishgan. “Qoʻlingdan nima kelsa qil” deb Maqsudbekning qarindoshlari bilan janjallashgan”, – deyiladi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img