Qozog‘istonda 2 yoshga to‘lmagan bola ko‘kyo‘taldan vafot etdi

12.06.2024 08:17
eye icon131
Qozog‘istonda 2 yoshga to‘lmagan bola ko‘kyo‘taldan vafot etdi
Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova Qaragʻanda viloyatida 1 kishi koʻkyoʻtal sabab vafot etganini maʼlum qildi.

Seshanba kungi brifingda bu haqida maʼlumot bergan vazir marhumning 1 yosh-u 11 oylik ekanini qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, bolaning ota-onasi farzandini emlashdan bosh tortgan.

“Bu yil biz butun aholi salomatligi juda zaif ekanligini koʻrdik. Soʻnggi bir necha yil ichida toʻplangan emlanmagan bolalarning kichik qismi ham mana shunday epidemiyaga sabab boʻldi. Va, afsuski, Qaragʻanda viloyatida koʻk yoʻtaldan oʻlimga olib kelgan bitta holat mavjud”, — dedi Alnazarova.

Vazirning fikricha, bu holatda emlashdan bosh tortgan ota-onalar ham javobgar boʻlishi kerak.

Keyinroq Sogʻliqni saqlash vazirligi bola mart oyida vafot etganiga aniqlik kiritdi.

Umuman, yil boshidan buyon 1353 ta koʻk yoʻtal holati qayd etilgan boʻlib, har 100 ming aholiga nisbatan koʻrsatkich 6,8 ni tashkil etdi. 2023-yilda esa 421 ta holat qayd etilgan boʻlib, 100 ming aholiga nisbatan koʻrsatkich 2,1 ni tashkil etgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img