9-iyun kuni soat 15:00 atrofida Navoiy viloyati Nurota tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir
boʻldi.
Qayd etilishicha, hodisa tumanga kiraverishdagi Dehibaland qishlogʻi hududidan oʻtgan Navbahor-Nurota yoʻlida sodir boʻlgan. Onix haydovchisi oʻzi bilan bir yoʻnalishda ketayotgan Damas avtomashinasini quvib oʻtmoqchi boʻlgan. Shu paytda qarama-qarshi tomondan kelayotgan Gentra bilan toʻqnashgan.
YTH oqibatida Onix avtomobilida boʻlgan bir oilaning 5 nafar aʼzosi va Gentra haydovchisi halok boʻlgan. Qurbonlarning ikki nafari voqea joyida, 4 nafari esa shifoxonada vafot etgan.
“Xalq soʻzi”ning viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasidagi manbasiga koʻra, Onixʻda 36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, turmush oʻrtogʻi, 2 yoshli oʻgʻli hamda 2 oylik qizi boʻlgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.