Videoo‘yinlar bola uchun foydalimi?

07.06.2024 17:51
eye icon108
Videoo‘yinlar bola uchun foydalimi?
Oʻtgan asrning saksoninchi yillaridan videooʻyinlar ommalasha boshladi. Ayniqsa, bu oʻyinlar yoshlarni oʻziga jalb etib, ularda dangasalik, yalqovlikni kuchaytirdi. Amerika Pediatriya akademiyasi professorlari bunday oʻyin bilan mashgʻul boʻlishning davomiyligi ikki soatdan osh­sa, salbiy oqibatlar kelib chiqishidan ogohlantirgan edi. Ammo…

Baʼzi oʻyinlar vaqtni unumli oʻtka­zishga xizmat qilsa, aksari terroristik zonalar, qotilliklar, jamiyat tartib-qoidalarini behurmat qilish, jinsiy ekspluatatsiya hamda ayollarga nisbatan zoʻravonlik, millatlararo nizoni targʻib qiladi. 

Tadqiqotlar videooʻyinlarga ruju qoʻ­yish bolalarning aqliy va ruhiy hola­tiga salbiy taʼsir koʻrsatishini isbotladi. Xususan, nosogʻlom oʻyinlar ularda zoʻravonlikni doʻstlari bilan sinab koʻ­rish xohishini paydo qiladi. 

Agar farzand videooʻyinlarga koʻp vaqt sarflayotgan boʻlsa, ota-ona unga nisbatan baʼzi cheklovlarni oʻrnatishi kerak. Buning uchun smartfonda mavjud boʻlgan “Play market” yoki “App Store” ilovalarida bolalar rejimini yoqib qoʻyish tavsiya etiladi. Yana bir foydali usul bolaning vaqtini toʻgʻri taqsimlash, yaʼni kundalik yumushlarini belgilab berishdir. Chunki oʻsmirlik davrida ularda hissiyotlar jilovini yoʻqotish, shu bilan birga, vaqtni boshqarolmaslik, toʻgʻri yoʻldan adashish holatlari juda koʻp kuzatiladi. 

Koʻpchiligimiz videooʻyinlar haqida faqat salbiy tasavvurga egamiz. Aslida, foydalilari ham mavjud. Misol uchun, Untitled Goose Game – parrandachilikka oʻrgatsa, Nintendo Labo pianino chalish, baliq ovlash, robotlar yasashni aks ettiradi. 

Splatoon 2 – anime qahramonlari: yovuzlik bilan ezgulik oʻrtasidagi kurash va alaloqibat ezgulikning gʻalabasi ifoda ettirilgan videooʻyin hisoblanadi.

Super Mario 3D World – tangachalarni aql bilan tutib olish vazifasi oʻyinchiga yuklatiladi.

Overcooked – oshxonada ovqat pishirish: burger, shirinliklar va hokazolarni oʻz ichiga oladi.

Minecraft – bolada fikrlash va krea­tivlikni oshiradi. Oʻyin mavzusi uylar qurish, ularni bezash va boshqalar.

TowerFall – oʻz hududini himoya qilish, qoʻshni qirolliklarga yordam berish tarzida tashkil etilgan, shu bilan birga, oʻyinchilarga chet tilini oʻrganish imkonini beradi.

Captain Toad: Treasure Tracker – bolalarda izlanuvchanlikni oshirishga qaratilgan boʻlib, maʼlum bir hududlar­da topilishi kerak boʻlgan buyumlarni qidirishga asoslanadi.

Word Game – soʻz oʻyini, oʻzbek, ingliz, rus, arab va boshqa tillarda soʻz boyligini oshirishga yordam beradi.

Ushbu videooʻyinlar grafik jihatdan haqiqiy hayotdan farq qilmaydi va oʻynash vaqtida bolaga nafaqat koʻtarinki kayfiyat bagʻishlaydi, balki unda muammoni tezlik bilan hal qilish, maqsadga erishish, yangi bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Biroq bu oʻyinlar ham meʼyorida oʻynalgani maʼqul. 

Muhammad Umar BAXTIYOROV

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img