Dunyoda har yili 400 mingga yaqin bola saratonga chalinadi

07.06.2024 08:18
eye icon114
Dunyoda har yili 400 mingga yaqin bola saratonga chalinadi
Dunyoda har yili 19 yoshgacha boʻlgan 400 ming nafarga yaqin bolalar va oʻsmirlar saraton kasalligiga chalinadi. Oʻzbekistonda 1 yilda oʻrtacha 25 ming nafar odam saraton kasalligiga chalinadi. 

Saraton sabab, 2022-yil Oʻzbekistonda 330 nafar bola hayotdan koʻz yumgan. Bundan tashqari, xuddi shu yilda 881 nafar bolada onkologik kasallik topilib, shulardan 213 nafari kasallikning oxirgi, 3-4-bosqichlaridaligi aniqlangan. Aniqlangan 881 nafar bemordan bir yilga yetmay vafot etganlari 30 nafarni tashkil qilgan. 

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida onkologik kasalliklar sababli erta oʻlimni 2,5 barobarga qisqartirish vazifasi belgilangan. Shuningdek, joriy yilning 21-may kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan qaroriga koʻra, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining bolalar saratoniga qarshi kurash boʻyicha global tashabbusida ishtirok etish doirasida 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish koʻzda tutilgan. 

Shu munosabati bilan bugun Toshkent shahrida “Dalillarga asoslangan harakat” mavzusidagi bolalar onkologiyasi va gematologiyasi boʻyicha I xalqaro kongressi oʻtkazilmoqda. Xalqaro kongressining asosiy maqsadi — xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, eng soʻnggi ilm-fan yutuqlari, ilgʻor diagnostika va davolash usullarini muhokama qilish, tibbiy yordam sifatini oshirish, bemorlarning ruhiy-ijtimoiy va madaniy holatlarini hisobga olgan holda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonda bolalar saratonini davolashda ilgʻor xalqaro va innovatsion amaliyotlarni joriy qilishdir.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img