«Bola huquqlari himoyasini ta‘minlamay turib chinakam odil sudlovga erishib bo‘lmaydi»

04.06.2024 14:48
eye icon109
«Bola huquqlari himoyasini ta'minlamay turib chinakam odil sudlovga erishib bo‘lmaydi»
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining O‘zbekistonning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyaning bajarilishi to‘g‘risidagi beshinchi ma’ruzasi bo‘yicha yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish borasida Adliya vazirligi, Bolalar ombudsmani ofisi va UNICEF bugun butun mamlakatda bolalarga do‘stona odil sudlov tizimini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdilar.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda bolalarga nisbatan odil sudlovni takomillashtirish yo‘llarini muhokama qildilar.

“Har qanday sud jarayoniga kirishayotgan bolalarga o‘z huquqlarini himoyalash instrumentlari ishonchli ta’minlanmas ekan, chinakkam odil sudlovga erishish haqida gapirish qiyin. Buning uchun esa odil sudlov jarayonlarida u hoh jinoyat, hoh fuqarolik yoki boshqa yurituv bo‘lsin, bolalarga samarali yuridik yordam, vakillik va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati to‘liq ta’minlanishi zarur”, - dedi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova. – “Bolalarning odil sudlovdan foydalanishini ta'minlash kompleks yondashuv asosida ishlashni talab qiladi», - deya ta'kidladi u.

“Bolalar uchun ixtisoslashgan texnik ekspertiza bilan ta’minlangan bolalarga do‘stona odil sudlov tizimi ularning huquqlarini himoya qiluvchi tezkor, samarali va adolatli javob harakatlarini anglatadi”, - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio. – “Bu bolalarga hurmat va tushunish bilan munosabatda bo'lish demakdir. Bu odil sudlov sohasidagi mutaxassislar bolalar huquqlari, bolalar odil sudlovining tamoyillari va standartlari haqida bilimga ega bo‘lib, ishlarni har bir bolaning manfaatlarini ko‘zlagan holda korib chiqishlarini anglatadi”.

Tadbir ishtirokchilari quyidagi asosiy harakatlarni tavsiya qildilar:
  • jinoiy va fuqarolik sudlov tizimlarini ixtisoslashtirish; 
  • bolalarga do'stona munosabatda bo'lgan va gender jihatlarini e’tiborga oladigan tartib va jarayonlarni joriy etish; 
  • huquq va odil sudlov tizimi bilan bog’liq bo‘lgan barcha toifadagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul yuridik yordam ko‘rsatishni kengaytirish; 
  • Odil sudlov sohasida ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash; 
  • rejalashtirishni, dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqishni, byudjetni taqsimlashni, bolalarning odil sudlov siyosatidan foydalanish imkoniyatlarini monitoring qilish va baholashni takomillashtirish uchun bolalarning huquqiy va sud jarayonlaridagi tajribasi to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligi, sifati va ulardan foydalanishni yaxshilash.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img