Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi

03.06.2024 09:30
eye icon124
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi
Endilikda zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Odiljon Tojiyev xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, Qonunchilik palatasida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun qabul qilinib, Senatga yuborilgan. 

"Shunday vaqtlar boʻldiki, qonunlarimizdagi boʻshliqlar hamda vakolatli organlar boʻlmagani tufayli jamiyat bolasini kaltaklab turgan ota-onaga qarshi lom-mim deya olmadi. Endi bu kabi holatlarga nuqta qoʻyiladi. Oʻzbekiston tarixida ilk marta jabrlangan bolani hatto oiladan ajratib olishimizga izn beradigan bazaviy huquqiy asos yaratildi. Endi zoʻravonlikdan jabrlangan bola yoki uning qonuniy vakili maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat eta oladi va bu jarayonda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi”, deya taʼkidlab oʻtgan Odiljon Tojiyev.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img