Senatga oilaviy bolalar uylari vakillari taklif qilindi

01.06.2024 16:30
eye icon37
Senatga oilaviy bolalar uylari vakillari taklif qilindi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan oilaviy uylarni tashkil etgan, fidoyi, oʻz ishiga sadoqatli insonlar taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalari bilan birga Senatga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda davlat tomonidan bolalarning manfaatlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar, Mehribonlik uylarining oʻrniga bolalarning oilaviy uylarda tarbiyalanishi ahamiyati, bolalarning salohiyatini yuzaga chiqarish borasidagi imkoniyatlar yuzasidan qizgʻin fikr almashildi.

Ahamiyatlisi, bolalarning oʻzlari ham muloqotda faol ishtirok etishdi. 

Senatorlar oʻzlari saylangan okruglarda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan oilaviy bolalar uylariga har tomonlama koʻmaklashib turishga kelishib oldilar.

Shu bilan birga, koʻrib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning bolalar manfaatlariga mos kelishi, bu yoʻnalishda qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosi ustidan parlament nazoratining qatʼiy olib borilishi ham belgilab olindi.

"Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash - mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining oʼzgarmas tarkibiy qismidir.
Lekin davlatimiz tomonidan koʼrsatilayotgan har qanday yordam va qoʼllovdan ham koʼra, har bir bola haqiqiy mehrni oilada, oʼz yaqin insonlaridan oladi. 
Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarimiz, ularni bagʼriga olgan fidoyi insonlar bilan oʼtkazgan suhbatimiz buning yorqin isbotini koʼrsatdi". – dedi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img