Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi 27-sonli maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Ahmedovaning faoliyati oʻrganib chiqilishi kerakligi, sababi maktabda ish faoliyati davomida qoʻl ostida ishlayotgan oʻqituvchi va xodimlarning nomiga kredit olib, oʻz vaqtida kreditni bartaraf etmasdan, pedagog hamda xodimlar oʻz hisobidan kredit toʻlovini toʻlab kelishayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishda yuqoridagi holat oʻz tasdigʻini topgan. Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa direktorining oʻrinbosari lavozimidan ozod qilingan.