Surrogat onalik joizmi?

01.06.2024 08:28
eye icon240
Surrogat onalik joizmi?
Asosan gʻarb mamlakatlarida farzand koʻrolmayotgan onalar surrogat ona xizmatidan foydalanishadi. Bunda begona (yoki tanish) bir ayol odatda, maʼlum haq evaziga farzand tugʻib beradi. Bu Islom dinida taqiqlanganmi yoki ruxsat etilganmi. Maqola shu haqida.

Savol: Singlimning 9 yildan beri farzandi yuk, 3-marta EKO kildi, lekin boʻlmadi. Hozir sogʻligʻi ham joyida emas. Singlimning 2 tayyor embrioni muzlatilgan, klinikada turibdi. Men opasi surrogat ona boʻlib, singlimga bolasini tugʻib bersam boʻladimi? Pul ishlab olish va boshka gʻayr maqsad uchun emas, singlimga kuyinganim uchun shu yoʻlni tanlamoqchiman. Lekin Islomda mumkin boʻlsa agar.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.

“Surrogat” soʻzi lotinchadan olingan soʻz boʻlib – “boshqasining oʻrniga qoʻyilgan” degan maʼnoni bildiradi. Hozirda bizda keng tarqalayotgan “surrogat ona” degan ibora ham homilador boʻlib, farzand tugʻishda onaning oʻrniga foydalanilgan ayol nazarda tutiladi. Bunda erning spermasi va xotinining tuxumhujayrasidan boʻlgan embrionni rivojlantirish uchun boshqa ayolning bachadoniga oʻtkaziladi. Koʻpincha surrogat onalik pul evaziga, baʼzan koʻngilli tarzda ham amalga oshiriladi.

Ushbu amaliyot shariatimizning umumiy qoidalariga koʻra harom sanaladi. Bunda uni pul evaziga bajariladimi yoki koʻngilli tarzdami farqi yoʻq. Chunki ushbu amaliyotda erkak bilan bachadoni ijaraga olingan ayolning oʻrtasida nikoh boʻlmaydi. Alloh taolo Qurʼoni karimda moʻminlarni vasf qilib bunday marhamat qilgan:

“Ular avratlarini (haromdan) saqlovchidirlar. Illo, oʻz jufti halollari va qoʻl ostidagilar (choʻrilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. Kimki shundan oʻzgani istasa, bas, ana oʻshalar haddan oshuvchidirlar” (Muʼminun surasi, 5-7 oyatlar).

Agar nikoh boʻlgan taqdirda (masalan, oʻsha ayol erkakning ikkinchi xotini boʻlsa) ham mazkur amaliyot halol boʻlmaydi. Chunki bu nasablarni chalkashishiga olib keladi.

Shu va bundan boshqa omillarni hisobga olib, zamonamizning barcha ulamolari, koʻplab fatvo uyushmalari surrogat onalikni harom ekaniga fatvo berganlar. Jumladan, Islom Olami uyushmasi qoshidagi Islom Fiqhi Akademiyasi 1402 hijriy (1982 milodiy) yil oʻtkazilgan yigʻilishida ushbu amaliyotni harom deb qaror qabul qilgan. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img