Yoshlar tarbiyasi to‘g‘risida

31.05.2024 11:45
eye icon180
Yoshlar tarbiyasi to‘g‘risida
Islom dinida axloqiy tarbiya diniy tarbiyaning ajralmas qismi, desak, mubolagʻa qilmaymiz. Zero, din yaxshi deb xisoblagan va daʼvat etgan narsalar ezgulik, yomon deb xisoblagan va manʼ etgan narsalar yovuzlikdir. Shuningdek, din buyurgan, hayotda va muomalada kasb etishga targʻib etgan axloq va fazilatlar Islom jamiyatida qadriyat, chiroyli xulq va maʼnaviy fazilatlar hisoblanadi.

Axloqiy dunyo oʻz tabiatiga koʻra diniydir. Axloqi va muomalasi goʻzal boʻlmagan musulmonning dini ham mukammal hisoblanmaydi. Qadimdan axloq ilmi ulamolari “Odamdagi axloqlar uning yaratilishida qoʻshib yaratilgan boʻladimi yoki kishi axloqni keyin oʻrganadimi?” degan savolga javob berishda ixtilof qilishgan.

Ulardan baʼzilari: “Yaxshi va yomon axloq inson yaratilgan chogʻida qoʻshib yaratiladi, axloqni keyin kasb qilib boʻlmaydi”, deganlar.

Boshqa bir guruh ulamolar: “Inson tugʻilganda hech qanday fazilat yoki razilatsiz tugʻiladi, unda qanday xislat boʻlsa, tugʻilganidan keyin paydo boʻladi”, deganlar.

Axloq ilmi ulamolari esa: “Ota-onasida mavjud boʻlgan baʼzi axloqlar xamirturushi insonga onasining qornidalik paytidayoq oʻtadi. Alloh bandani xalq qilish chogʻida axloq qobiliyatini ham qoʻshib yaratadi. Inson oʻsishi jarayonida tarbiya, muhit va odatlanish oqibatida u yoki bu axloqni oʻzida rivojlantiradi yoki yoʻqotib yuboradi”, deydilar.

Shuning uchun ham, Islomda xulqli sayqallashga alohida eʼtibor beriladi. Bu ish har bir musulmon uchun lozim va lobud ishlardan biri darajasiga koʻtariladi.
Tarbiyaning asosi koʻp jihatdan bilimga va yaxshilarga yondashishda va ularning ibratli hayot tarzi asosida yuzaga kelgan boy tajribaga hamda purmaʼno soʻzlarini qay darajada bilishga borib taqalar ekan. Shu oʻrinda, bobomning yoshligimda aytgan goʻzal oʻgitlarini misol tariqasida keltirmoqchiman: “Bolam, allomalarimiz qoldirgan hikmatli soʻz va matallarni qanchalik yod olib borsang, qalbingga shunchalik naqshlanib boraveradi. Natijada, sening tilingdan ham shunday goʻzal soʻzlar yogʻila boshlaydi”. Farzandlarimiz ham rivoyat, hikoyat va ibratli soʻzlarga juda muhtoj.

Abdurashid Toshpoʻlatov

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img