Psixologlarning ta'kidlashicha, bola o'qishni yoqtirmay qolishiga quyidagilar sabab bo'ladi.
1. Avvalo, bolaning talablariga javob bermaydigan maktab, o'qituvchi va kontingent sabab bolada o'qishdan bezish yuzaga keladi.
2. Bolalar individualdirlar. Shu sabab maktabda hammani bir xil qolipga solinishi natijasida ularda o'qishga bo'lgan ishtiyoq "o'ladi".
3. Xato qilishga taqiq (Tomas Edison lampochka o'ylab topgunga qadar 999 marta adashgan ekan). Shu sabab xato qilgan bolani qattiq urishish yaramaydi.
4. Bolani tanqid qilaverish, bu uning o'ziga bo'lgan ishonchini so'ndiradi.
Xo'sh, unda nima qilish kerak?
Bolani to'g'ri rag'batlantirish.
Uning kichkina yutuqlarini ham "Barakalla, sening qo'lingdan kelishini bilardim" kabi rag'batli gaplar bilan maqtash kerak. Bola yomon baho olsa, nima sababli olganini birga tahlil qilib xatoni to'g'rilashni samimiylik va xotirjamlik bilan o'rgatish lozim. Bolani kaysi fandan, nimadan kiynalayotganini aniklash va unga yordam berish kerak. Darsdan keyin uni qandaydir ishlarga ko'mib tashlamaslik, bo'sh vaqti mazmunli o'tkazishiga sharoit yaratish ham muhim hisoblanadi.